Talents Center

Biz odam tanlaydigan kasblar

Haydovchi C+E va avtobus, oshpaz va xonabeka, g‘isht teruvchi, payvandchi, ombor ishchisi. Haydovchilar bo‘yicha o‘rin ko‘proq, keyin mehmonxona va qurilish.

Kuryer

Ish beruvchining avtomobilida shahar bo‘ylab yetkazib berish. Toifalarga talab boshqa haydovchi vakansiyalariga qaraganda past.

Novvoy

Non va non mahsulotlari, ko‘pincha tungi smenalar. Novvoyxona yoki non zavodida tajriba kerak.

Barmen

Mehmonxona yoki restoran bari. Tajribadan tashqari rus tili, ayrim vakansiyalarda boshlang‘ich ingliz tili so‘raladi.

Bo‘yoqchi

Devor, shift va metall konstruksiyalarni bo‘yash, ichki va tashqi ishlar.

Kafelchi

Sanuzel, oshxona va binolarning umumiy joylarida kafel va keramogranit yotqizish.

Mehmonxona farroshi

Mehmonxonaning umumiy joylari: xoll, koridor, sanuzel, restoran zali. Xonabekadan alohida lavozim.